

Poytaxtdagi yig'inda andijonliklar tarkibiga bir qator yangi o'yinchilar ko'rikdan o'tgani taklif etilmoqda. Kecha jamoamiz safiga moldaviyalik futbolchi Aleksey Kasyan ham kelib qo'shildi. “Andijon” uchun bu legioner begona emas. Boisi Kasyan 2011 yilgi mavsumda ham jamoamiz sharafini himoya qilganini muxlislar yaxshi bilishadi. O'shanda u jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lgandi. Kasyan “Andijon”dan ketganidan beri o'z yurtida faoliyat ko'rsatayotgandi va uning so'nggi jamoasi “Dinamog'Avto” edi. Moldaviyalik futbolchi ayni paytda mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Uning harakatlari murabbiylarga maqul kelsa, Kasyan yana “Andijon” safida to'p suradi.



