Aleksandr Xomyakov: "Natija g'alaba keltirsa, bu - yoqimli, biroq o'yinimizdan mutlaqo qoniqmadim"

Alisher
6 apr 2025
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- O'yin oson o'tmadi. Qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarga raxmat. Menda ko'rsatayotgan o'yinimiz bo'yicha norozilik bor. Ikkinchi bo'limda deyarli futbol o'ynamadik. Bunday o'yin bilan keyingi turlarda g'alaba qozonib bo'lmaydi. Negadir bir ruhan tayyor bo'lmayotgandekmiz. 


- Demak siz jamoa ko'rsatgan futboldan norozisiz. Natijadanchi?

- Natija g'alaba keltiradigan bo'lsa, albatta yoqimli. Biroq, bugun ko'rsatgan o'yinimizdan mutlaqo noroziman, umuman qoniqmadim. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda ko'rsatgan futbolimizni oqlab bo'lmaydi.

- Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'zlarini oqlashdimi?

- Aytib o'tdim, ikkinchi bo'limda bizda hech narsa o'xshamadi. Zaxira orqali o'yinni kuchaytirishga urindik, biroq samara keltirmadi. Agressiv futbol ko'rsata olmadik, qanotlarimiz ham ko'ngildagidek ishlamadi. 

- Tanaffusda futbrlchilarga o'yinni o'zgartirish bo'yicha ko'rsatmalar berdingizmi?

- Bugun o'z kuchimizni har tomonlama isbotlab qo'yishimiz mumkin edi. Xulosalar chiqaramiz, kamchiliklar ustida ishlaymiz. Tanaffusda agressiv futbol o'ynashimiz haqida tushuntirdim.

- "Mashal" ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishini kutganmidingiz?

- Mag'lubiyatga uchrayotgan tomon o'yinni kuchaytirishga intiladi. Maydon markazida ustunlikni boy bermasdan to'p nazoratini qo'lga olganimizda barchasi boshqacha bo'lardi.




AlisherMuallif
Manba: championat.asia