Aleksandr Xomyakov: "Goldan keyin o'yin biz uchun osonroq kechdi"

Narzulla Saydullayev
31 mar 2017, 19:34
"Mashal" - "Paxtakor" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.

"Tezkor, shiddatli o'yin bo'ldi. Bugun muxlislarimizga bayram qilib berdik. Birinchi bo'limda raqib xatosini kutdik va ikkinchi taymda uchta gol urishga erishdik.

Tanaffusda u qadar ko'p gapirmadim, shunchaki qayerda kamchiliklarimiz bo'layotganini aytdim. Ikkinchi bo'limda raqib maydonida tezroq o'ynay oldik va goldan so'ng barchasi osonlashdi", - deydi Xomyakov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia