

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov mazkur uchrashuvlarda ishtirok etish uchun 19 futbolchini tanlab oldi. Quyida ular bilan tanishing:
Darvozabonlar: Umidjon Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”);
Himoyachilar: Ibrohim Yo'ldoshev (“Paxtakor”), Abubakir Mo'ydinov (“Bunyodkor”), Georgiy Ahmedov (“Paxtakor”), Nodirbek Kuybokov (“So'g'diyona”), Abdulaziz Yoqubov (“Andijon”), Jasurbek Yoqubov (“Paxtakor”);
Yarim himoyachilar: Roman Jo'raev (“Paxtakor”), Bobir Asqarov (“Paxtakor”), Kamron Saidazimov (“Paxtakor”), Islom Kenjaboev (“Nasaf”), Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Rasul Yo'ldoshev (“Bunyodkor”), Xudoyorxon Sadullaev (“Nasaf”), Dilshod Saidov (“Nasaf”);
Hujumchilar: Abbosbek Jumaqulov (“Cementchi”), Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”).
Bo'lajak o'yinlar O'zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.




