Aleksandr Golovin: O'zimni qahramondek his qilayotganim yo'q. Butun jamoa yaxshi o'ynadi

Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda bitta gol, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan Rossiya terma jamoasi va SSKA klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin o'yindan keyin fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'zimni qahramondek his qilayotganim yo'q. Butun jamoa yaxshi o'ynadi. Hisobga qarasangiz, hammasi oson kechgandek ko'rinadi. Aslida unday emas. Saudiyaliklar texnik jihatdan kuchli edi, ular to'p bilan yaxshi muomala qildi, ularga qarshi to'p bilan kurashga kirishish qiyin bo'ldi. Ammo biz ularni zararsizlantirishga erishdik”,-dedi Golovin.


Manba: Championat.com