Bu haqda, Transfermarkt ma'lumotlariga asoslanib, Vesti.kz xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, transfer qiymati 800 ming evroga baholangan Aleksandr Geynrix 7-8-o'rinlarni Irtishning serbiyalik futbolchisi Igor Burzanovich bilan bo'lishib turibdi.
O'nlikni Belarus terma jamoasining asli kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan 25 yoshli yarim himoyachisi Renan Bressan boshqarib turibdi – Astana yarim himoyachisining transfer narxi 2 million evroga baholangan.
Bundan tashqari, Astananing portugaliyalik hujumchisi Siseru, Atirauning nigeriyalik himoyachisi Maykl Odibe va Aktobening asli braziliyalik, lekin Armaniston terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi yarim himoyachisi Markos Pizzellining transferi 1,5 million evro turadi.
29 yoshli Aleksandr Geynrix professional futbolchilik faoliyatini 2001 yili Toshkent viloyatining Do'stlik jamoasida boshlagan va faoliyati davomida Paxtakor, SSKA (Moskva), Torpedo (Moskva), Suvon Blyuingz (Janubiy Koreya), Emireyts (BAA) klublarida to'p surgan.
2002 yil yakunlariga O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan Aleksandr Geynrix 2002 yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasida 84ta o'yin o'tkazib, 28ta gol urgan. Futbolchi oxirgi marta terma jamoa safida 2013 yil oktyabrida, Vetnam terma jamoasiga qarshi Toshkentda o'tkazilgan o'yinda maydonga tushgandi.