Aleksandar Alempievich: “Hozirgi vaziyatda “Bunyodkor” uchun natija muhim”

Narzulla Saydullayev
11 avg 2016
“Bunyodkor” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyin “qaldirg'ochlar” vakili Aleksandar Alempievichning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- “So'g'diyona” bilan kechgan bahsda o'yinimiz u qadar qovushmadi. Lekin eng asosiysi uch ochko qo'lga kiritildi. Hozirgi paytda “Bunyodkor” uchun natija muhim. Chunki ma'lum tanaffusdan keyin o'yinimizni topib olishga vaqt kerak, deb o'ylayman. Qayerda bo'lmasin ikkinchi davra bahslari peshqadam jamoalar uchun oson o'tmaydi. Chunki musobaqa jadvalining pastki pog'onalarida borayotgan jamoalar ancha jonlanib qolishadi. Biz buni yaxshi his qilib turibmiz. Maqsadimiz chempionlik ekan, demak ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Hali qiyin o'yinlar ko'p. Lekin biz tezroq optimal formaga kirib olishimiz kerak. Ana shunda istalgan raqibni bemalol taslim eta olamiz, - deydi Aleksandar Alempievich.

"Bunyodkor" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia