Aleks Fergyuson MYU sobiq himoyachisiga futboldan ketishi uchun 100 ming funt taklif qilgan. Futbolchining o'zi bu hikoyani so'zlab berdi

Administrator
19 noya 2023
Bu haqida himoyachining o'zi so'zlab berdi.

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson jamoada ishlab yurgan kezlari himoyachi Pol Mak Gratga 100 ming funt taklif qilgan. Bu pulning evaziga himoyachi futboldagi faoliyatini tugatishi kerak edi. Bu voqeani Polning o'zi so'zlab berdi.

"Ser Aleks meni o'z xonasiga chaqirdi va shundan dedi: "Biz shunchaki futbolni tashlashingni xohlaymiz".

Fergyuson shunday dedi. Boshqa umuman futbol o'ynamasligim va Irlandiyaga qaytib ketishim evaziga ular menga 100 ming funt berishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishgandi", -deydi Pol Mak Grat.

The Telegraph nashrining yozishicha, Ser Aleksning bu taklifni berishiga "Old Trafford"da 1980 yillarda avj olgan ichkilikbozlik sabab bo'lgan. Murabbiy bu yomon odatni tugatish uchun, shu ishlarning bevosita ishtirokchisi bo'lgan Pol Mak Gratga 100 ming funt taklif qilgan.


AdministratorMuallif
Manba: The Telegraph