Alderveyreld: "Tottenxem"ni tark etmoqchi ekanligim haqida gapirishdi, ammo bu yolg'on"

Aslanov Jasurbek
11 sen 2018, 18:14
"Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreldning ma'lum qilishicha, yozgi transfer oynasida u jamoani tark etmoqchi bo'lmagan.

"Hamma "Tottenxem"ni tark etmoqchiligim haqida gapirdi, ammo bu yolg'on. Yozda klub qolishimni istayotganini tushundim, shu sababli asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qildim. Yana asosiy tarkib futbolchisi bo'lish - men uchun g'alaba.

Shunchaki "Tottenxem"ga bor kuchim bilan yordam bermoqchiman. Matbuotda aytilgan hammasi yolg'on" - deydi Alderveyreld.

Yozgi transfer oynasida Alderveyreld "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports