Alan Shirer: "Ronalduning kyetishi Reshfordga ta’sir qildi"

Mirjalol Normatov
4 iyun 2023
Sobiq futbolchi Alan Shirerning fikriga ko'ra, Markus Reshfordning mavsumni yaxshi o'tkazganiga Krishtianu Ronalduning kyetishi ham sabab bo'lgan.

"Erik ten Xag Markusga yordam berganiga hech qanday shubxa yo'q. O'tgan mavsumni ko'plab jarohatlar bilan o'tkazgan futbolchi ushbu mavsumda vaziyatlardan ko'proq gol urishni boshladi, shuningdek, yaxshi jismoniy holatga ham kirib oldi.

Biroq, o'ylashimcha, unga Krishtianu Ronalduning kyetishi ham ta’sir qilgan. U o'zini jamoaning asosiy yulduzi deb hisoblashni boshladi, o'ziga kelib oldi va noaniq zarbalar bilan ish bitmasligini bildi. Chunki u barcha o'yinlarda vaziyatlar bo'lishini tushunib etdi.

Ronaldu ketganidan keyingi 17-19 o'yinida bu bilindi. Markus o'zini yanada baxtliroq his qila boshladi", - dedi Shirer.

Ushbu mavsumda Reshford APLda 17 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal