Alaba va Jerom Boateng "Bavariya" bilan yangi shartnoma tuzishadi
Tolibjon Qosimov
30 okt 2013
"Bavariya" 13 noyabr kuni David Alaba va Jerom Boateng bilan shartnoma uzaytirilgani haqida xabar berishi kerak.
Nemis matbuotining xabariga ko'ra, futbolchilar bilan muzokaralar deyarli yakunlanib bo'lgan. Kichik detallarni hal qilish va klub akcionerlarining yig'ilishini kutish qoldi xolos.