Al Xelayfi: "Barselona" oxirigacha urindi, ammo biz barcha takliflarni rad etdik"

Alisher
7 iyun 2021
PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfi "Barselona" forvard Neymar bilan u bitimni uzaytirmagunga qadar shartnoma imzolashga urinib ko'rgani haqida gapirdi.

"Barselona" oxirigacha urindi, ammo biz barcha takliflarni rad etdik. Ularning iqtisodiy muammolari bor, ammo bu bizning ishimiz emas. Neymar bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishish qiyin bo'lmadi", - deydi Al Xelayfi.

Braziliyalik futbolchi yaqinda PSJ bilan shartnomasini 2025 yilning yoziga qadar uzaytirdi.

29 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 17ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe