"Al Shabab"da g'alaba, Aziz Haydarovda 90 daqiqa

Narzulla Saydullayev
14 mar 2015
BAA pro ligasida 19-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al Shabab" klubi o'z uyida "Baniyas" bilan kuch sinashib 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Aziz Haydarov bu uchrashuvda to'liq o'ynadi. Klub 37 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda.

"Al Shabab" navbatdagi o'yinni 17 mart kuni Fors Ko'rfazi chempionlar klubi doirasida Ummonning "Al Sib" klubiga qarshi o'tkazadi.

BAA pro ligasi
"Al Shabab" - "Baniyas" 1:0
Gollar
: Enrike Luvannor 36.
"Al Shabab": Salim Abdulla, Issa Muhammad, Muhammad Marzuq, Manei Muhammad Ali, Karlos Vilyanueva (Fahad Xalfan Ali, 90), Aziz Haydarov, Dovud Ali (Rashid Hassan. 80), Abdulla Faraj Marzuq, Hassan Ibrohim, Edgar Silva, Enrike Luvannor (Issa Obayd, 86)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia