Amerikalik teatr va kino aktyori, rejissyor Al Pachino Argentinaning "Rasing" klubi a'zosiga aylandi.
Ayni damda 76 yoshli amerikalik shu mamlakatda tug'ilgan qiz o'rtog'i bilan Argentinada bo'lib turibdi. Maxsus tadbirda Pachinoga "Rasing" futbolkasi va a'zolik kartasi topshirildi.