“Al Nassr”ni yanvarda 4 ta rasmiy o'yin va PSJga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi kutmoqda (+taqvim)

Eldor Akmurzayev
31 dek 2022
Bugun, 31 dekabr kuni (22:30) “Al Nassr” Saudiya Arabistoni 11-turi doirasida safarda “Al Halij” bilan o'ynaydi.

Rudi Garsiya shogirdlari hozirda chempionat jadvalida 23 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Krishtianu Ronaldu mazkur jamoa a'zosiga aylandi va uning yanga jamoasidagi debyuti yanvarda bo'lishi mumkin.

Yangi yil boshida riyodliklarni 4 ta rasmiy o'yin hamda PSJga qarshi o'rtoqlik uchrashuv kutmoqda.

Saudiya Arabistoni chempionati

5 yanvar

20:00, “Al Nassr” – “Al Tai”

14 yanvar

22:30, “Al Shabob” – “Al Nassr”

21 yanvar

20:00, “Al Nassr” – “Al Ittifoq”


O'rtoqlik o'yini

19 yanvar

“Al Nassr”/"Al Hilol" (qo'shma aralash tarkib) – PSJ


Superkubok yarim finali

25 yanvar

23:00, “Al Ittihod” – “Al Nassr”


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia