"Al Nassr" yana ikki transfer uchun 77 mln funt tayyorlab qo'ygan

Omonjon To`xtamirzayev
21 avg 2023, 11:29
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi yaqin kunlar ichida Yevropadan yana ikki futbolchini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirgan.

Mashhur insayder Fabricio Romano xabar berishicha, shu haftadayoq "Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport va "Portu" xavbeki Otavioning transferi yakunlanadi.

Umumiy olganda bu ikki transfer uchun "Al Nassr" 77 mln funt tayyorlab qo'ygan.

Eslatib o'tamiz, Otavio o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 10 ta golga assist qayd etdi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо