“Al Nassr” ustozi: “Ronalduga yana o'yindan zavq olib, tabassum qilishini tilayman”

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2023
“Al Nassr” bosh murabbiyi Rudi Garsiya Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Ronalduga tilaydigan yagona tilagim – u o'yindan yana zavq olishi va tabussum qilishini xohlayman. Gap shundaki, u oxirgi oylarda “Manchester Yunayted”da ham, terma jamoada ham, shaxsiy tomonlama ham qiyin davrni boshdan o'tkazdi.

Agar u o'yindan yana zavqlansa, u holda maqsadga erishiladi. U qoyilmaqom sportchi”, deydi Garsiya.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: France 24