"Al Nassr" sobiq futbolchisi Ronalduning ustidan kuldi

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2023
Saudiya Arabistoni chempionati 24-turida "Al Nassr" o'z maydonida "Al Raed"ni yirik hisobda mag'lub etdi.

"Al Nassr" klubi sobiq futbolchisi Adrian Mejeevski hujumchi Krishtianu Ronalduning ushbu bahsdagi (4:0) ishtiroki haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik gol urdi va uni o'z uslubida nishonladi. 

"Sen Superkubokda mag'lub bo'lding, mamlakat Kubogidan yarim finalda chiqib ketding, derbida "Al Hilol"ga imkoniyatni boy berib, chempionlik imkoniyatlarini 99%ga yo'qotding, lekin "Al Raed"ga gol urishni uddalading va 4:0 hisobida g'olib bo'lding", - deya kinoyali fikr bildirdi Mejeevski.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov so'nggi ikki golda assist vazifasini bajarib bergandi.


"Al Nassr" – "Al Raed" 4:0
"King Saud University Stadium"

Gollar:
1:0 – 4 Ronaldu, 2:0 – 55 Garib, 3:0 – 90 Maran, 4:0 – 90+4 al Sulayxim.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia