"Al Nassr" Ronalduning yoniga Messini olib kelsa ham, "Al Hilol"ni enga olmaydi"

Omonjon To`xtamirzayev
19 avg 2024
"Al Hilol" sobiq yarim himoyachisi Toriq Ibrohim Muuhammad al Taib "Al Nassr"ga Messi ham yordam bera olmasligini aytdi.

Kuni-kecha Saudiya Arabistoni Superkubogi doirasida "Al Nassr" - "Al Hilol" (1:4) uchrashuvi bo'lib o'tdi. Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo'lsa, Sergey Milinkovich-Savich, Malkom va Aleksandar Mitrovich (dubl) "Hilol"ning ishonchli g'alabasini taminladi.  

Uchrashuvdan keyin "Al Hilol"ning sobiq yarim himoyachisi Toriq al Taib raqib haqida keskin fikr bildirdi: "Agar Al Nassr" Ronalduning yoniga Messini olib kelsa ham, ular "Al Hilol"ni enga olmaydi. Messi va Ronaldu birga bo'lsa ham "Al Hilol"ni mag'lub etishga qodir emas".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia