"Al Nassr" Fofana o'rniga boshqa xorijlik futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi

Оқил Абдубарноев
1 fev 2024, 23:10
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi "Al Ittifoq"ga ijaraga berilgan Seko Fofana o'rniga boshqa xorijlik futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi.

Qayd etilishicha, jamoaning jarohatidan tiklangan kolumbiyalik darvozaboni David Ospina tarkibga qayta kiritilgan. 

Eslatib o'tamiz, Ospina o'tgan yilning yanvarida jiddiy shikastlanib, jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lgandi. Undan avval posbon 14 o'yinda maydonga tushib, darvozasidan atigi 6 ta to'p o'tkazib yuborgan, shuningdek, 9 o'yinda gol o'tkazmagandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ал Риёдия