"Al Nassr" endi "Bavariya" futbolchisi transferiga kirishdi

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023
"Bavariya" futbolchisi Sadio Mane faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi huquqlarini himoya qiluvchi "Roof" agentligi vakillari Portugaliyada "Al Nassr" sport direktori Goran Vuchevich bilan ehtimoliy transfer borasida uchrashgan.

Eslatib o'tamiz, forvard 2022 yil "Liverpul" safidan "Bavariya"ga ko'chib o'tgan. Senegallikning "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: theathletic.com