"Al Nasr" super transfer amalga oshirishi mumkin

Mirjalol Normatov
13 sen 2018
"Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi Alvaro Negredo BAA jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin.

Ayni vaqtda "Beshiktosh" tarkibida harakat qilayotgan futbolchining jamoadagi holati yaxshi emas. U rahbariyatdagilar bilan munozaraga borgani uchun, shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Shu boisdan, BAAning "Al Nasr" jamoasi ushbu holatni kuzatib bormoqda, deb xabar beradi AS.

Negredo bu mavsumda Turkiya chempionatida 3 o'yin o'tkazdi va 2 gol urishni uddaladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS