“Al-Jayish” autsayder bilan durang o'ynadi, "Al Xariytiyat"da mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2017
Qatar Yulduzlar ligasida 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klubi safarda “Al-Vakra” bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Rashidov uchrashuvda to'liq o'ynadi. Chempionatning 14-turidan so'ng “Al-Jayish” 30 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Sanjar Tursunov "Al Xariytiyat"dagi debyutini Xavi o'ynayotgan "Al Sadd"ga qarshi o'tkazdi. Mazkur o'yinda Tursunov 82 daqiqa harakat qildi. "Al Xariytiyat" 12 ochko bilan 11-pog'onani egallab turibdi.


Qatar Yulduzlar Ligasi. 14-tur
"AL VAKRA" - “AL-JAYISH” 0:0

"AL XARIYTIYAT" - "AL SADD" 0:1
Gol:
Ibrohim Majid 74





Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia