"Al Ittixod"ning 29 millionlik futbolchisi legionerlar limiti sabab qaydnomaga kiritilmadi

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2023, 08:18
"Al Ittixod" Jota Neveshni Saudiya Arabistoni chempionati uchun ro'yxatdan chiqarib tashladi.

Yozda 29 million evroga xarid qilingan portugaliyalik Jota Nevesh ligadagi legionerlar bilan bog'liq limit sababli klub futbolchilari ro'yxatiga kira olmadi. 

Uning o'rniga "Betis"dan kelib qo'shilgan Luis Felipe joy egallaydi. 

Jota Saudiya Arabistoni chempionatida 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga ulgurgandi. 

Eslatib o'tamiz, ligada bitta klub umumiy hisobda 8 nafar legionerni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. OCHLda esa bitta o'yinga legionerlar uchun 5+1 limiti o'rnatilgan.

"Al Ittixod" OCHLda O'zbekistonning OKMK klubi bilan bir guruhdan joy olgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Al Riyadh