"Al Ittihod" PSJ yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi, here we go!

Omonjon To`xtamirzayev
2 sen 2024
E'tiborlisi, avvalroq "Barselona" va "Atletiko Madrid" klublari ham portugaliyalikni o'z safida ko'rishni istayotgani haqida xabarlar yangragandi.

Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Al Ittihod" klubi 32 yoshli Danilu Pereyra bilan shartnoma imzolagan. 

Danilu 2021 yildan buyon Parij shahri klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi. PSJ yarim himoyachi transferidan 5 million evro ishlab oladi. 

"Transfermarkt" portali tajribali yarim himoyachining 8 million evroga baholamoqda. 

Avvalroq, Aleks Telles "Al Nassr" bilan xayrlashgani haqida xabar bergandik.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо