“Al Ittihod” - OKMK uchrashuvini yaponiyalik hakamlar boshqarib boradi

Khoja
18 sen 2023
Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi, 1-tur doirasida OKMK Jiddada Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Uchrashuvni Kimira Hiroyuki boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

“Al Ittihod” - OKMK uchrashuvi 18 sentyabr kuni Jiddadagi “Shahzoda Abdulloh Al-Faysal stadionida mahalliy vaqt bilan 19:00da, Toshkent vaqti bilan esa 21:00da start oladi.

Osiyo Chempionlar ligasi 2023/24, guruh bosqichi, 1-tur.

“Al Ittihod” (Saudiya Arabistoni) - OKMK (O'zbekiston)

Bosh hakam: Kimira Hiroyuki (Yaponiya)

Yordamchi hakamlar: Nishihashi Isao, Takagi Takumi (Yaponiya)

Zaxira hakami: Hiroki Kasahara (Yaponiya)

Hakamlar nazoratchisi: Saad Alfadhli (Quvayt)

Komissar: Ali Jebril (Falastin)


KhojaMuallif
Manba: championat.asia