"Al Ittihod" "Atletiko" hujumchisini safiga qo'shib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2024
Anxel Korreaning transferiga shaxsan Marselo Galyardo qiziqmoqda.

Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasi Ispaniyaning "Atletiko" klubi hujumchisi Anxel Korreani safiga qo'shib olish istagida, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Ma'lum bo'lishicha, 28 yoshli Korreaning transferiga "Al Ittihod" bosh murabbiyi Marselo Galyardoning shaxsan o'zi qiziqmoqda. Yaqin vaqt ichida saudiyaliklar "matraschilar" bilan muzokaralarni boshlaydi, uning natijasi klub va futbolchiga kelib tushgan moliyaviy taklifga bog'liq bo'ladi.

Anxel Korrea joriy mavsum "Atletiko" tarkibida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano