"Al Ittifoq" "Manchester Yunayted" hujumchisiga 10 million funt to'lashga tayyor

Nozimov Nig'monxo'ja
12 dek 2023
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirishi mumkin.

Fransiyalik hujumchi qishqa Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkin. "Al Ittifoq" hujumchi uchun "qizil iblis"larga 10 million funt to'lashga tayyor.

28 yoshli hujumchining MYU bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Marsyal 2015 yilda "Monako"dan MYUga o'tgan edi. U mankunianlar safida hozirgacha 317ta o'yinda maydonga tushib, 90ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.  


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com