"Al Hilol" yana bir super transfer amalga oshirishni reja qilgan

Mirjalol Normatov
30 may 2025
"Al Hilol" Teo Ernandesni tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Bu haqda Fabricio Romano ma'lumot bermoqda.

Saudiya Arabistoni klubi vakillari "Milan" futbolchisi bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilmoqda. 27 yoshli futbolchi klubning asosiy transfer maqsadiga aylangan.

Ayni paytga kelib, klublar o'rtasida kelishuv yo'q. Undan tashqari futbolchining o'zi ham hali bir qarorga kelmagan.

Oldinroq berilgan ma'lumotlarda "Milan" 2026 yil yozida shartnomasi yakunlanadigan futbolchisi bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan. Qayd etilishicha, tomonlar moliyaviy shartlarni kelisha olishmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano