“Al Hilol“ TOP forvardga yiliga 40 million evro taklif qildi

Khoja
4 iyun 2025
“Napoli“ hujumchisi Viktor Osimxenga ikkita davogar bor.

Unga “Galatasaroy“ va “Al Hilol“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turkiya jamoasi hujumchini jamoada saqlab qolmoqchi va unga yiliga 15 million evro berishga tayyor. Bu turk klubi uchun rekord hisoblanadi.

“Al Hilol“ futbolchiga 40 million evro berishga tayyor.

Futbolchining o'zi Istanbulda baxtli ekanligini va “Galatasaroy“da qolishga rozi ekanligini ma'lum qilgan. Turkiya jamoasi “Napoli“ga 60-65 million evro berishga tayyor. Biroq italiyaliklar hujumchini 75 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Bu summani esa saudiyaliklar to'lashga tayyor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com