

Futbolchiga yiliga 90 mln evro maosh ko'zda tutilgan shartnoma taklif etildi. Bu haqda "Sportowe Fakty" xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, polshalik hujumchi kataloniyaliklar bilan tugab borayotgan kelishuvni uzaytirmasligi mumkin, chunki klub unga o'yin vaqti va maoshini qisqartirishni taklif qilmoqda. Bunday vaziyatda hujumchi "Al Hilol"ning taklifini jiddiy ko'rib chiqmoqda va katta ehtimol bilan uni qabul qiladi.
Levandovski 2022 yilning yozidan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 8 mln evroni tashkil etadi.



