"Al Faysali" va Osiyo chempionlari Qarshiga ucha olishmayapti, reys noma'lum muddatga kechiktirildi FOTO

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2018, 12:24
Soat 12:30da Toshkentdan Qarshiga uchishi kerak bo'lgan samolyot hozircha uchmaydi.

Qarshi shahrida quyuq tuman bo'lganligi uchun reys noma'lum muddatga kechiktirildi. "Al Faysali" klubi delegaciyasi, uchrashuv hakamlari va U-23 terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo'lgan to'rt nafar "Nasaf" futbolchisi hamda "championat.asia"ning ikki nafar xodimi Qarshiga aynan mana shu reysda uchishlari lozim. 

Barcha qachon samolyot uchishiga ruxsat berilishini kutmoqda. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia