"Al Faysali" bosh murabbiyi Qarshidagi qorni ko'rib nima dedi? FOTO

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2018, 12:33
Xabar berganimizdek, "Al Faysali" klubi delegaciyasi ayni paytda Toshkent Xalqaro Aeroportida bo'lib turibdi.

Qarshiga reys noma'lum muddatga qolirilgach barcha aeroportda kutmoqda. Biz esa fursatdan foydalanib "Al Faysali" bosh murabbiyi Neboysya Yovovich bilan suhbatlashishga urindik. 

O'zimizni tanishtirgach unga Qarshidagi stadion ayni paytda qanday holatda ekanligini ko'rsatdik. Murabbiy bundan xayron qoldi. "To'g'risi kuchli qor yog'ishini kutmagandik. Xayron qoldim. Ammo bu bizning kayfiyatimizga ta’sir qilmaydi. Barchamiz yaxshi kayfiyatda Qarshiga uchamiz. Hozir eng asosiy maqsadimiz Qarshiga tezroq yetib borish", - deydi "Al Faysali" ustozi Neboysya Yovovich championat.asia saytiga bergan intervyusida. 

"Al Faysali" klubi delegaciyasidagi barcha saytimizd biroz avval chop etilgan XABARni ko'rib chiqmoqda. Bazilar kulmoqda, bazilar kuchli qordan xayron qolishdi. 

Eslatib o'tamiz, bugun Qarshida soat 15:00da "Al Faysali" bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tishi lozim. 

"Nasaf" - "Al Faysali" uchrashuvi esa 30 yanvar kuni soat 16:00da boshlanadi. 


Tolibjon Qosimov va Shahboz Beg'amov



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia