"Al Duxayl" o'yinchisini "Yuventus"ga berishni istamadi

Alisher
2 sen 2019, 16:50
"Yuventus" himoyachi Mehdi Benatiyani ijaraga ololmadi.

Marokashlik futbolchini o'zi Turinga qaytishni istayotgandi, ammo "Al Duxayl" himoyachini ijaraga berishni xohlamadi.

Benatiya "Al Duxayl"ga shu yil boshida o'tgan edi, transfer Qatar klubiga 8 million evroga tushgan.

32 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Al Duxayl" va "Yuventus"dan tashqari "Marsel", "Tur", "Loryan", "Klermon", "Udineze", "Roma" va "Bavariya" klublarida o'ynagan.

Futbolchi 2008 yildan buyon Marokash terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/YahooSportFR