"Al Duhail" Toshkentga kelishdan oldin Qatar chempioniga aylandi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2018
Kecha Qatar Yulduzlar ligasida 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi "Al Duhail" klubi safarda "Al Xaraytiat"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi va chempionat tugashiga ikki tur qolganida muddatdan avval Qatar chempioni bo'ldi. Bunga ikkinchi o'rindagi "Al Sadd"ning safarda "Umm Salal"ga yutqazib qo'ygani (1:2) ham sabab bo'ldi.

"Al Duhail" dushanba, 12 mart kuni Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'ladi.

Ma'lumot uchun, "Al Duhail" klubi o'tgan mavsum "Al Jayish" va "Lahviya" klublarining birlashuvdan so'ng tuzilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia