Akmal Xolmatov "Loko"ni tark etdi?!

Narzulla Saydullayev
18 dek 2013
Transfer oynasida shov-shuvli xaridlarni amalga oshirayotgan "Lokomotiv" safini Akmal Xolmatov tark etgani xaqida ma'lumotlar bor.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, Xolmatov kuni kecha "Loko" lagerini tark etgan. Futbolchiga ayni paytda mamlakat chempioni "Bunyodkor"dan taklif tushgan. 38 yoshli futbolchi kecha "qaldirg'ochlar" qarorgohiga borib, maydon chetida mashg'ulotlarni kuzatgani to'g'risida ma'lumot bor.

Aytish kerakki, futbolchi bu yil temiryo'lchilar safida eng yaxshilardan biri bo'ldi. 26 o'yinda (2129 daqiqa) ishtirok etish bilan birga raqiblar darvozasiga 10ta gol urishni uddaladi.

Agarda Xolmatov haqiqatdan ham "Bunyodkor"ga ko'chib o'tsa, o'ziga xos rokirovkaga guvoh bo'lamiz. Chunki qaldirg'ochlarning chap qanot yarim himoyachisi Jasur Hasanov yaqinda aynan "Lokomotiv"ga ko'chib o'tdi.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia