

Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin og'ir bo'ldi. Bir kishi kam bo'lib ham oxirigacha turib, penaltilar seriyasida omadimiz kelib g'alaba qozondik.
Penaltilar seriyasi har doim hayajonli bo'ladi. Omadimiz keldi deya olaman. Kubokni boshimiz uzra ko'tardik.
O'zi zarba berish meni navbatim edi. Tepdim va gol urdim. Murabbiyimiz yaqinroq o'ynashni va ochiq xudud bermaslikni aytdi.
Guruh bosqichida Portugaliya tushishini istayapman",- deydi Akmal Mozgovoy.



