Akinfeev faoliyatidagi 800-o'yinini o'tkazdi. U Rossiya chempionati rekordini ham yangiladi

Eldor Akmurzayev
22 noya 2021, 09:30
RPL 15-turida SSKA o'z maydonida “Ximki” bilan nursiz durang o'ynadi.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan mezbonlar sardori Igor Akinfeev faoliyatidagi yubiley 800-o'yinini o'tkazdi. 35 yoshli kiper yuqori diviziondagi 500-uchrashuvida maydonga tushib, bunday natijaga erishgan musobaqa tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli posbon 2002 yildan beri "moskvalik armiyachilar" sharafini himoya qilib keladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru