Akbar Ismatullaev: “Menga hujumchilik qobiliyati yetishmadi”

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2017, 15:25
Kecha oliy liga 12-tur uchrashuvida Toshkentning “Paxtakor” klubi o'z uyida Jizzaxning “So'g'diyona” klubini qabul qildi va 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu bahsdan so'ng “Paxtakor” klubi futbolchisi Akbar Ismatullaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Uchrashuv ikkala jamoaga ham qiyin bo'ldi. To'g'ri o'yinimiz u darajada yaxshi chiqmadi. Eng asosiysi 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Zaxiradan maydonga tushirilganimdan so'ng gol urish uchun qulay vaziyatga chiqib bordim. Darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqqanimda ikkilanib qoldim. Balkim menga hujumchilik qobiliyati yetishmadi, deb o'ylayman. Futbolchi himoyachi bo'ladimi yoki hujumchimi jamoasiga yordam berishi kerak. Biz jamoaviy o'yin evaziga g'alaba qozondik”, - deydi “Paxtakor” klubi futbolchisi Akbar Ismatullaev


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia