Akanji "Milan"ning shartlarini qabul qilmayapti, "Siti" himoyachisi ECHLda o'ynashni istamoqda

Alisher Ostonov
31 avg 2025
Manuel Akanji "Milan"ga o'tishga qiziqmayapti.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Man Siti" himoyachisi "rossonerilar"ning amaldagi taklifini qabul qilmayapti. Avvalroq, "Milan" futbolchi uchun 15 mln evro va bonuslar taklif qilgani xabar qilingandi.

Shveytsariyalik Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoada o'ynashni istamoqda. Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, Akanji APLda qolishni afzal ko'radi.

"Milan" muqobil variant sifatida "Vilyarreal"dan Xuan Foyt va allaqachon so'rov yuborilgan "Liverpul"dan Jo Gomesni ko'rib chiqmoqda. Transfer oynasi oxirida boshqa variantlar ham bo'lishi mumkin.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano