Akanji: "Angliyada futbol Germaniyaga qaraganda ancha tez"

Sherzod Nurmatov
12 sen 2022
Manuel Akanji "Man Siti"ga o'tishdan oldin Jeydon Sancho va Erling Holand bilan maslahatlashgan.

"Men Jeydon bilan ko'p gaplashaman. Erling bilan, albatta, o'tishdan oldin gaplashdim. U Dortmundning "Borussiya"sidan ketganidan keyin ham aloqalarni to'xtatmagandik.

Ular mashg'ulotlarda ko'p narsalarni o'rganishimni aytishdi, chunki bu erda intensivlik juda yuqori, hammasi ancha qiyinroq. Bu "Man Siti"dagi mashqlar Dortmunddagi mashg'ulotlarimizdagidan farq qiladi degani emas. Ammo ularning sifati va intensivligi ancha yuqori. APL qiyin, lekin ko'niksa bo'ladi.

Menimcha, Angliyada futbol Germaniyaga qaraganda ancha tez", – dedi himoyachi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic