Akanji: "Adolatsiz natija"

Mirjalol Normatov
26 dek 2024
"Manchester Siti" futbolchisi Manuel Akanji "Everton"ga qarshi o'yin yaknulari haqida gapirdi.

APLning 18-turi doirasidagi uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durang qayd etishdi.

"Bu adolatli natija deb hisoblamayman. Biz juda ko'p vaziyatlar yaratdik, biroq bittagina gol urdik va yo'q joydan gol qo'yib yubordik. Biz kamida 3 yoki 4 golga munosib edik deb hisoblayman. Shunchaki to'p darvozaga kirishni istamadi.

Biz hujum tashkil etishga harakat qilyapmiz, biroq to'pni yo'qotyapmiz. Bunaqasi bo'lmasligi kerak. O'yin yakuniga qadar g'alabaga ishonchni saqlab qolish lozim", - dedi himoyachi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC