So'nggi mavsumlarda ikki guruhga bo'linib, yakunda pley-off raundida chempionlik aniqlab kelinayotgan edi. Joriy mavsumdan boshlab shahar chempionatida 16ta kuchli jamoa bir guruhda chempionlik uchun kurash olib boradigan bo'ldilar.
Chempionatning birinchi turida jamoamiz "BO'SM-2" klubi mehmoni bo'lgandi. Ikkinchi turda poytaxtimizning ikki kuchli jamoasi to'qnashuvi bo'lib o'tdi. 6 yosh toifasida bo'lib o'tgan bahslarda 2002 yilda tavallud topgan jamoamiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 2001 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar Stanislav Kudryashov boshchiligida 2:0 hisobda zafar quchdilar. 2004 yil 7:0, 2000 yil 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 2003 yil 0:0, 1999 yil jamoasi 1:1 hisoblarini qayd etdi.
"Bolalar futboliga e'tibor bugungi kun talabi. Bazi jamoa murabbiylari o'zlarining o'rinbosarlari o'yinini tomosha qilmaydilar. Bizda esa aksincha, akademiyaning barcha o'yinlarini klubimiz vice-prezidenti Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi kuzatib boradi. Unga bu borada Viktor Jalilov va Grigoriy Seytlin yaqindan yordam beradilar. O'z xizmati bee'tibor qolmayotganligini ko'rgan har qanday bolalar murabbiyining ishida unum bo'ladi", - deydi akademiyamiz direktori Dilshod Nuraliev.

1998 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz Rossiyaning Krasnodar shahrida bo'lib o'tadigan musobaqada ishtirok etishlari munosabati bilan mazkur yosh toifasidagi uchrashuv boshqa muddatga qoldirildi.
Bir kun avval bosh jamoamiz Muborakda muhim g'alabani qo'lga kiritib qaytgan edilar. G'alaba qozongan tarkibimizdan o'rin olgan 6 nafar futbolchi akademiyamiz tarbiyalanuvchisi ekanligi quvonarli hol, albatta.
"Bolalar futboliga e'tibor bugungi kun talabi. Bazi jamoa murabbiylari o'zlarining o'rinbosarlari o'yinini tomosha qilmaydilar. Bizda esa aksincha, akademiyaning barcha o'yinlarini klubimiz vice-prezidenti Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi kuzatib boradi. Unga bu borada Viktor Jalilov va Grigoriy Seytlin yaqindan yordam beradilar. O'z xizmati bee'tibor qolmayotganligini ko'rgan har qanday bolalar murabbiyining ishida unum bo'ladi", - deydi akademiyamiz direktori Dilshod Nuraliev.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilgi mavsumda quyidagi murabbiylarimiz shahar chempionatida "Paxtakor" sharafini himoya qiladilar:
2004 - Olim Shokirov
2003 - Dmitriy An
2002 - Rufat Akramxo'jaev
2001 - Stanislav Kudryashov
2000 - Temur Olimxo'jaev
1999 - Artur Kagirov
1998 - Anfar Hafizov
3-turda "Paxtakor" akademiyasi "Spartak" klubi mehmoni bo'ladi.