Ahmed Tillaev U-19 Osiyo Chempionati saralash bahslarida komissar sifatida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2019
Bugundan qitamizning bir qator shaharlarida kelasi yili O'zbekistonda bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo Chempionati saralash bahslari start oladi.

Jumladan, Indoneziyada “K” guruhi uchrashuvlari o'tkaziladi. Mazkur guruhda Indoneziya, KXDR, Gonkong hamda Sharqiy Timor terma jamoalari qita chempionati final bosqichiga chiqish uchun o'zaro bahs olib borishadi.

Qayd etish joiz, Indoneziya mezbonlik qilayotgan U-19 Osiyo Chempionati saralashining “K” guruhi o'yinlarida hamyurtimiz Ahmed Tillaev komissar sifatida faoliyat olib boradi.

Bugun bo'lib o'tadigan KXDR – Gonkong uchrashuvi hamyurtimiz uchun xalqaro maydonda komissar sifatidagi ilk uchrashuv bo'ladi.


Bugun 17:00. O'zbekiston U-19 – Hindiston U-19        


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz