Ahmed Fathi: "Ikkinchi bo'limda xatolarga yo'l qo'ydik, ammo o'yin so'ngida g'alabani ilib ketdik"

Абдулвосит Бектемиров
15 noya 2024
JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Qatar - O'zbekiston (3:2) bahsidan so'ng qatarlik futbolchi Ahmed Fathi o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Erondan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng o'zimizga kelib olishimiz zarur edi va bugungi g'alaba bizga vaziyatni o'nglab olishda yordam berdi. Barchasi tarixga aylandi, endi keyingi uchrashuvlar haqida o'ylashimiz kerak.

Ajoyib birinchi bo'lim o'tkazdik. Tanaffusdan keyin esa xatolarga yo'l qo'ydik va raqib hisobni tenglashtira oldi. Yaratganga shukr, o'yin so'ngida g'alabani ilib ketdik.

Bugungi uchrashuvga tashrif buyurgan va bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Stadiondagi atmosfera menga Osiyo Kubogini eslatib yubordi. BAAga qarshi o'yinda ham ijobiy natija qayd etish uchun maksimal imkoniyatlarimizni ishga solamiz", - dedi Ahmad Fathi Abdulla.



Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: