Ushbu o'yin arafasida, 1 iyul kuni Gaziantep shahridagi Dedeman mehmonxonasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmadjon Musaev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Musobaqani ajoyib tarzda tashkil etgani uchun, avvalo, Turkiya futbol federatsiyasiga minnatdorlik bildirishni istardim. Jahon chempionati nimchorak finaliga chiqqan barcha jamoalarni, jumladan, Gretsiya yoshlar terma jamoasini ham tabriklayman, - dedi Ahmadjon Musaev.
Gretsiya yoshlar terma jamoasi guruh bosqichida Meksika terma jamoasini mag'lubiyatga uchratib, Mali va Paragvay terma jamoalari bilan durang o'ynadi. Natijalari Paragvayniki bilan teng bo'lib qolgani sabab, qur'a natijasiga ko'ra, Gretsiya guruh g'olibligini qo'lga kiritgan edi. Guruh bosqichining 2-turidan so'ng nimchorak final yo'llanmasini naqd qilgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi esa so'nggi turda Urugvayga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Albatta, biz Gretsiya yoshlar terma jamoasi o'yinlarini tahlil etib chiqdik. Greklar o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallashdi, shuning o'ziyoq jamoa qanday kuchga ega ekanligini ko'rsatib turibdi. Jamoa qatiy intizomga asoslangan: guruh bosqichida faqat bir nafar grek futbolchisi hakam kartochkasiga loyiq ko'rildi, - dedi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.
Urugvayga qarshi o'yinda omadsizlikka uchradik. Biroq keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgandik. Albatta, ertaga Urugvayga qarshi uchrashuvdagiga nisbatan yaxshiroq o'yin ko'rsatishimizga ishonaman. Biz Gretsiyaga qarshi bahsga tayyormiz. Shubhasiz, bizni seshanba kuni qiziqarli va tomoshabop o'yin kutib turibdi, - dedi Ahmadjon Musaev.
Bosh murabbiy fikrlarini terma jamoa vice-sardori Boburbek Yo'ldoshev ham qo'llab-quvvatladi: Afsuski, guruh bosqichining so'nggti turida Urugvayga imkoniyatni boy berib qo'ydik. Biroq biz Gretsiyaga qarshi o'yinda Urugvay bilan uchrashuvdagi xatolarni takrorlamoqchi emasmiz. Jamoadagi ichki muhit a'lo daraja, jamoadoshlarim kayfiyati yaxshi. Biz Gretsiyaga qarshi o'yinga tayyormiz.
Turkiyalik jurnalistlar O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyiga shunday savol bilan murojaat qilishdi: Turk klublariga o'z shogirdlaringizdan birortasini tavsiya qilasizmi?.
Ushbu jahon chempionatidan so'ng, Turkiya chempionatida O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi a'zolari paydo bo'lsa, bundan faqat xursand bo'lamiz. Turkiya chempionati saviyasi ancha yuqori hisoblanadi, shunday ekan, bu erda kuchsiz futbolchilar bo'lmaydi, - deya qo'shimcha qildi O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmadjon Musaev.