Agueroning "Manchester Siti"ga "Marsel"ga qarshi o'yinda yordam bera olmasligi aniq

Alisher
25 okt 2020
"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero Angliya chempionati 6-tur doirasidagi "Vest Xem" (1:1)ga qarshi o'yinda olgan jarohati sabab noma'lum muddatga safdan chiqqanidan xabaringiz bor.

32 yoshli argentinalik shunday qilib 27 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Marsel"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Aguero yaqinda tizzasidagi operaciyadan so'ng maydonga qaytgandi. 32 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Aguero "Manchester Siti"ga "Atletiko"dan 2011 yilda o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports