Aguero "Oltin to'p" haqida: "Futbol faqat "Real" uchun emas. Ular juda erkalanib ketishdi"

Administrator
30 okt 2024
"Manchester Siti" sobiq futbolchisining fikricha barchasi haqqoniy bo'lgan.

"Manchester Siti", "Barselona" klublari sobiq hujumchisi Serxio Aguero "Oltin to'p"ni Rodri qo'lga kiritgani haqida gapirdi.

"Barchasi haqqoniy. Rodri – dunyoning eng kuchli futbolchisi. Futbol hamma uchun, faqatgina "Real Madrid" uchun emas. 

Ular juda ham erkalanib ketishdi", -deydi Argentina termasi sobiq futbolchisi Serxio Aguero.

Ma'lumot uchun, "Oltin to'p" sovrinini Vinisius yoki Karvaxal qo'lga kiritmasligini bilgan "Real Madrid" a'zolari Parijdagi marosimga borishmagandi.


AdministratorMuallif
Manba: Goal