Aguero “Enfild”ni zabt eta olmayapti

“Manchester Siti” APL 12-turida safarda “Liverpul”ga 1:3 hisobida yutqazdi.

Serxio Aguero esa ushbu o'yinda ham gol ura olmadi. Natijada argentinalik hujumchining APL doirasida “Enfild”dagi golsiz o'yinlar seriyasi 8 taga etdi. U umumiy hisobda “Liverpul” darvozasiga safarda 530 daqiqadan beri gol ura olmayapti. Aguero mazkur bahsda o'yinni oxirigacha davom ettirmadi. Uning o'rniga 71-daqiqada Gabi Jezus maydonga tushirildi.


Manba: Squawka