

Argentinalik futbolchi Angliya premer ligasida beshta gol urgan beshinchi futbolchiga aylandi. Oldinroq Endi Koul, Alan Shirer, Jermeyn Defo va Dimitar Berbatov shunday natijaga erishgandi.
Aguero o'zining beshta golini 20 daqiqa ichida urib eng tezkor penta-trik sohibiga aylandi.
Bu Yevropa top-4 chempionatida tezkorligi borasida 3-o'rinda qayd etildi. Ispaniyada Ladislao Kubala (1952 yilda 19 daqiqa ichida) va Germaniyada Robert Levandovski (2015 yil 9 daqiqa ichida) 5ta golni Aguerodan tezroq urishgan.



